French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘ona viloyati maktablarida ichimlik suvi va sanitariya holati o‘rganildi
09:30 / 2026-02-02

FOTOREPORTAJ

Farg‘ona viloyatidagi umumta’lim maktablarida ichimlik suvi ta’minoti hamda sanitariya-gigiyena infratuzilmasining holati O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tashabbusi bilan o‘rganilib, jamoatchilik eshituvida muhokama qilindi.

O‘rganishlar Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashidagi partiya deputatlari tomonidan Qo‘qon shahri hamda Beshariq, Bag‘dod, Buvayda, Dang‘ara, Rishton, O‘zbekiston va Furqat tumanlaridagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida olib borildi. Unda ichimlik suvi manbalari, ularning ishlash barqarorligi va sanitariya infratuzilmasi holati tahlil qilindi.

Ma’lum qilinishicha, viloyatda jami 955 ta umumta’lim maktabi faoliyat ko‘rsatib, ularning 852 tasi loyiha asosida qurilgan, 103 tasi esa moslashtirilgan binolarda joylashgan. Shuningdek, 280 ta maktab markaziy, 675 tasi mahalliy oqava suv tarmoqlariga ulangan.

[gallery-27416]

Jamoatchilik eshituvida ayrim maktablarda ichimlik suvi ta’minotidagi uzilishlar va texnik nosozliklar tanqidiy muhokama qilindi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining viloyat boshqarmasi tomonidan 2025 yilda o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida 905 nafar mas’ul shaxsga nisbatan ma’muriy jarimalar qo‘llanilgani ma’lum qilindi.

Muhokamalar davomida muammolarni bartaraf etish, maktablarda doimiy toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, jumladan, binolar ichida suv kullerlarini o‘rnatish bo‘yicha takliflar bildirildi.

O‘zA fotomuxbiri

Muqimjon QODIROV olgan suratlar