Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Farg‘ona viloyati hokimi kubogi-2022”: Taqvim tasdiqlandi
11:01 / 2022-01-23

Har yili Farg‘onada an’anaviy tarzda "Farg‘ona viloyati hokimi kubogi" musobaqasi bo‘lib o‘tishidan xabaringiz bor. Farg‘ona viloyat hokimligi, turizm va sport boshqarmasi, viloyat futbol assotsiatsiyasi hamkorligida o‘tkazilayotgan joriy yilgi turnir 25 yanvar - 4 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu yilgi musobaqada 14 ta jamoa to‘rt guruhga bo‘lingan holda g‘oliblik uchun kurash olib boradi.

O‘yinlar  "Neftchi" sport majmuasi o‘yingohi, Farg‘ona davlat universiteti o‘yingohlarida o‘tkaziladi. Bu yilgi turnir xalqaro maqomiga ega bo‘lib, unda Qirg‘izistoning “Batken” va “Alay” jamoalari ham qatnashadi. 

Guruhlar bilan tanishing:

"A" guruhi

“Navbahor-2"

"Qo‘qon-1912"

"Alay" (Qirg‘iziston)

"Andijon-1"

"V" guruhi

"Neftchi" (U-21)

“Turon-2"

"Andijon-2"

"Sementchi"

"S" guruhi

"Batken" (Qirg‘iziston)

"Neftchi-Hamza"

"Istiqlol"

"D” guruhi

"Do‘stlik"

"Andijon SGS”

"Paxtakor-79"

Musobaqaning chorak final bahslari 1 fevral, yarim final bosqich o‘yinlari 3 fevral sanalariga belgilangan. Hal qiluvchi final bahsi esa 4 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

M. Sulaymonov, O‘zA