English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘ona viloyati filarmoniyasi tarkibida Farg‘ona milliy cholg‘ular orkestri va  Farg‘ona simfonik orkestri tashkil etiladi
09:42 / 2025-07-30

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Milliy va jahon musiqa san’ati yutuqlarini xalqimiz orasida keng targ‘ib qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Farg‘ona viloyati bo‘linmasi tarkibida: 

a) Farg‘ona milliy cholg‘ular orkestri; 

b) Farg‘ona simfonik orkestri tashkil etiladi. 

2025 yil 1 sentyabrdan Farg‘ona viloyati filarmoniyasiga qo‘shimcha 72 ta shtat birligi, shu jumladan, Simfonik orkestr uchun 50 ta va Milliy cholg‘ular orkestri uchun 22 ta shtat birligi ajratiladi. 

Simfonik orkestr va Milliy cholg‘ular orkestri xodimlariga davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish shartlari tatbiq etiladi. 

Farg‘ona viloyati hokimligi 2025 yil yakuniga qadar Simfonik orkestr va Milliy cholg‘ular orkestrining konsert-tomosha tadbirlari samarali o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida xorijda ishlab chiqarilgan bir dona katta sig‘imdagi avtobus bilan ta’minlaydi. 

Qarorga ko‘ra, Farg‘ona shahridagi "Yeso City" majmuasi hududida joylashgan amfiteatrda hamda mahalliy aholi va sayyohlar ko‘p tashrif buyuradigan boshqa qulay joylarda Simfonik orkestr va Milliy cholg‘ular orkestrining konsert dasturlari tashkil etib boriladi. 

Simfonik orkestr va Milliy cholg‘ular orkestrining har yilga mo‘ljallangan gastrol safarlari rejalari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

O‘zA