Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘ona viloyati delegatsiyasining Koreyaga tashrifi doirasida o‘zaro hamkorlikka oid umumiy qiymati 360 million dollardan ziyod bo‘lgan 14 ta hujjat imzolandi
12:34 / 2022-03-12

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi Farg‘ona viloyati delegatsiyasining to‘rt kun davom etgan Koreya Respublikasiga amaliy tashrifi doirasida o‘zaro hamkorlikka oid umumiy qiymati 360 million dollardan ziyod bo‘lgan 14 ta hujjat imzolandi.

Qo‘qon shahrida “Hanshin Park City” shaharchasini barpo etish bo‘yicha qiymati 250 million dollarlik investitsion kelishuv, “Posco International” korporatsiyasi bilan qiymati 65 million dollar bo‘lgan hamkorlik memorandumi, “TMC Global”, “Man Sung Chemistry Co., Ltd” va Farg‘ona shahridagi “Uz-Segang” MCHJ o‘rtasida yangi turdagi eksportbop meva-sabzavot turlarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etish yuzasidan 30 million dollarlik shartnoma, “Uz-Segang” MCHJ hamda Koreyaning “Sunfinite Co Ltd” kompaniyalari o‘rtasida ho‘l meva-sabzavotlarni yetkazib berish yuzasidan qiymati 5 million dollar bo‘lgan eksport shartnomasi va imzolangan boshqa muhim hujjatlar Farg‘ona viloyati hamda Koreya o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.



Shuningdek, maktabgacha ta’lim sohasida 2 million dollar investitsiya kiritish, Beshariq tumanida loyiha qiymati 5 million dollar bo‘lgan ko‘p tarmoqli shifoxona qurish, Bag‘dod tumanida 3 million dollar investitsiya hisobiga tibbiyot niqoblari va bolalar tagliklari ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha memorandumlar imzolandi.

M. Sulaymonov, O‘zA