Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
10:04 / 2025-11-28

Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Omonov Abdulhamid Abduqahhorovich Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bugun viloyat hokimligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda yangi rahbar jamoatchilikka tanishtirildi.

A.Omonov 1985 yilda O‘zbekiston tumanida tug‘ilgan. 2008 yilda  Toshkent dvlat yuridik institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2008 yilda “Kuch bilim va tafakkurda” MCHJ bosh yuriskonsulti vazifasidan boshlangan. Adliya vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan “Adolat” nashriyoti davlat korxonasining yuriskonsulti, bosh muharriri, Uchtepa tuman adliya bo‘limi boshlig‘i, Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari-bo‘lim boshlig‘i kabi vazifalarda ishlagan.

Tayinlovga qadar Adliya vazirligi Strategik rejalashtirish va ijro nazorati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

M.Sulaymonov, O‘zA