Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘ona va Adana shaharlari o‘rtasida muntazam aviaqatnov yo‘lga qo‘yilishi mumkin
18:58 / 2023-08-11

FOTOREPORTAJ

Farg‘ona viloyat hokimi o‘rinbosari Iqboljon Ergashev va Farg‘ona shahar hokimi Vosiljon Nazarov Turkiyaning Adana viloyati Saricham tumani hokimi Bilal Ululag‘ boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Muloqotda Farg‘ona va Adana viloyatlari o‘rtasida har tomonlama hamkorlik aloqalarini kengaytirish, Farg‘ona shahri va Saricham tumani o‘rtasida savdo-iqtisodiy, investitsion, ijtimoiy-madaniy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

[gallery-13091]

Iqboljon Ergashev viloyatning investitsion, savdo-iqtisodiy salohiyati yuzasidan mehmonlarga ma’lumot berib, istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlariga e’tibor qaratdi.

Muloqot davomida Farg‘ona va Adana shaharlari o‘rtasida muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish yuzasidan ham fikr almashildi. Uchrashuv yakunida Farg‘ona shahri va Saricham o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish to‘g‘risida bitim imzolandi.

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA