Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘ona uzumlari yaponlarga yoqib qoldi
12:31 / 2025-11-03

Yaqin-yaqingacha O‘zbekiston mirishkorlari o‘zlari yetishtirgan shirin-shakar mevalar, poliz mahsulotlarini faqat bitta bozor – Rossiya bozoriga yuborar edi. Mamlakat dunyoga eshiklarini ochgani bu borada ham ijobiy natijasini ko‘rsatdi.

Masalan, Farg‘onada yetishtirilgan qovunlarni bemalol Amerikada sotib olish mumkin. Xitoy, Koreya, Turkiya, Germaniya supermarketlari Quva va Quvasoydan gilos import qilib sotuvga chiqardi. Oltiariq uzumi esa dunyo kezmoqda.

O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi xabariga ko‘ra, shu kunlarda “Washin Trading Co, Ltd” kompaniyasi Oltiariq uzumi, Quva anori va xurmolari bilan savdoni yo‘lga qo‘ygan.

– Hozircha sinov tariqasida 1135 kilogramm mahsulot keltirilgan edi. Ular Tokio supermarketlarida juda tez sotilib ketdi, – deydi O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchisi Muhsinxo‘ja Abdurahmonov. – Bu boshlanishi. “Sherakhun” xususiy korxonasi va “Quva Agro star” MCHJ o‘rtasida  yangi shartnomalar tuzildi. Endi O‘zbekistondan katta miqdordagi uzum, anor va xurmo Yaponiyaga eksport qilinadi.

Muhammadjon Obidov, O‘zA