Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘ona tumanida 3D ko‘rinishda zamonaviy gilamlar ishlab chiqarilmoqda
09:25 / 2022-09-17

Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanidagi “Iqbol dizayn servis” oilaviy korxonasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar yuqori va raqobatbardoshligi bilan xaridorlarga manzur bo‘lmoqda.

Bu korxonada o‘tgan 2021 yil yakunida eshik va derazalar uchun zamonaviy jalyuzilar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, joriy yilda Evaks Fabric brendi ostida 3D ko‘rinishda zamonaviy gilamlar ishlab chiqarish loyihasi ham amalga oshirildi.

Qiymati 1,5 million dollar bo‘lgan ushbu loyiha  tadbirkorning o‘z mablag‘lari hamda 350 ming dollar xorijiy bank krediti hisobiga hayotga tadbiq etildi.

Yillik 150 ming kvadrat metr mahsulot quvvatiga ega korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar qo‘shni davlatlarga va Rossiyaga ham eksport qilinmoqda. Ushbu korxonada 50 dan ziyod doimiy ish o‘rni yaratilgan. Ishchi-xodimlar uchun xalqaro standartlarga mos mehnat sharoitlari yaratilgan.

-Tadbirkor uchun barcha imkoniyatlar bor,-deydi korxona rahbari Iqboljon Mirahmatov.-Orzu qilish bilan ish bitmaydi. Harakat, tashabbus kerak. Buni o‘z faoliyatimda ko‘rdim.

 

M.Sulaymonov, O‘zA