Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Farg‘ona tajribasi”ni respublikada ommalashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan seminardan fotoreportaj
22:05 / 2023-06-02

“Mahalladagi beshlik hamkorligi”ning “Farg‘ona tajribasi”ni respublikada ommalashtirish bo‘yicha Farg‘ona viloyatida boshlangan seminar ishtirokchilari Oltiariq tumani “Poloson” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldilar.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Zulayho Mahkamova, Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonova, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahri hokimlarining, shuningdek, qo‘shni Namangan va Andijon viloyatlari shahar va tumanlari hokimlarining oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ul o‘rinbosarlari, sog‘liqni saqlash boshqarmalari boshliqlari, “Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat” tamoyili asosida to‘g‘ri ovqatlanish hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha Farg‘ona viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar bilan “Poloson” mahalla fuqarolar yig‘ini misolida tanishdilar.

Mahalla hududidagi oilaviy shifokorlik punkti, 39-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda 13-umumta’lim maktabida “Sog‘lom oilani shakllantirish”, “To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi” umummilliy harakati doirasida qilingan ishlar taqdimoti ko‘zdan kechirildi.  

Respublika mas’ullari tomonidan sog‘lom turmush tarzini ta’minlash uchun belgilangan omillar bo‘yicha tushunchalar berildi. Ta’lim, tibbiyot muassasalari hamda mahalla tizimi xodimlarining hamkorlikdagi vazifalari yuzasidan yo‘l xaritalari taqdimoti o‘tkazildi.  

Sog‘lom ovqatlanish, gigiyena talablari hamda badantarbiya mashqlariga aholi o‘rtasida, ayniqsa ta’lim muassasalarida e’tiborni yanada kuchaytirish, mahalla beshligi tomonidan sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda faollikni oshirish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.  

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA