Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida navbatdagi seminar-treninglar bo‘lib o‘tdi
15:40 / 2023-02-08

FOTOREPORTAJ

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan “Zamonaviy maktab liderlar nigohida” mavzusida o‘tkazilayotgan seminar-treninglar zamon bilan hamnafas, jahon standartlaridan  xabardor, jamoasini bir maqsad atrofida birlashtira oladigan haqiqiy liderlarni  tayyorlashni maqsad qilgan.

[gallery-10483]

Farg‘ona viloyatida bugungi kunda 954 ta umumta’lim maktablari, 21 ta Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar faoliyat yuritib kelmoqda. Respublika bo‘ylab bo‘lib o‘tayotgan “Liderlar haftaligi” loyihasida viloyatdagi barcha maktablarning direktorlari ishtirok etmoqdalar.  

Mazkur loyiha, shuningdek, umumta’lim maktablari direktorlari uchun uzoq muddatli strategiya va ustuvor vazifalarni belgilash, jamoada sog‘lom muhit yaratish, samarali ta’lim tamoyillari hamda liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirishni ham ko‘zda tutadi.  

O‘quvchilar bilimini mustahkamlash, yuksak salohiyatli, keng dunyo qarashli etib tarbiyalash, ta’lim sifatini oshirishda maktab faoliyatining tizimli yo‘lga qo‘yilishi muhim o‘rin tutadi. Ta’lim muassasalarida ish jarayonining sifatli tashkil etilishi esa, avvalo, rahbarga bog‘liq. Demak, maktab rahbari qanchalik ko‘p zamonaviy bilim, tajriba va yuqori liderlik qobiliyati egasi bo‘lsa, jamoada uyushqoqlik, kasbga muhabbat va ishtiyoq kuchli bo‘ladi. Bunday kasbdoshlar davrasiga ega muassasalarida esa ta’lim sifati oshadi.

E’tiborli jihati shundaki, loyiha rahbar kadrlarda liderlik ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan birinchi o‘quv-seminari hisoblanadi. Viloyatda seminar mashg‘ulotlari davom etmoqda.

O‘zA fotomuxbiri

Muqimjon QODIROV olgan suratlar.