Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘ona shahrida “Yoshlar markazi” ochildi (+video)
20:19 / 2025-08-26

Mamlakatimizda yoshlar jamiyatning eng muhim va istiqbolli qatlami sifatida e’tibor markazida turibdi. Bugungi islohotlar jarayonida ularning bilimli, sog‘lom, yuksak ma’naviyatli va zamonaviy dunyoqarashga ega shaxslar bo‘lib voyaga yetishi uchun barcha sharoit yaratilmoqda.

Farg‘ona shahrida ochilgan “Yoshlar markazi” ham shu yo‘ldagi munosib qadam bo‘ldi, deyish mumkin. Tantanada so‘zga chiqqan Farg‘ona viloyat hokimi Xayrullo Bozorov yoshlar AT va innovatsion uslublarga asoslangan holda o‘qishi, kasb-hunar o‘rganishi zamon talabi ekani va yangi qurilgan “Yoshlar markazi” ana shu talablarga javob beradigan maskandir, dedi.

So‘z olgan faxriy va yoshlarning vakillari O‘zbekiston kelajagi munosib avlodlar qo‘lida ekanini va bu markaz yoshlarning eng sevimli joyi bo‘lib qolishini ta’kidlashdi.

[gallery-24985]

“Yoshlar markazi” eshiklarini ochdi. Bu yerda bolalar va yoshlar har taraflama bilim va ko‘nikma orttirish uchun barcha sharoit yaratilgan edi. Kompyuter xonalari, intellektual bilim musobaqalari maydoni, kinoteatr, sport zallari, anjumanlar zali va bahs-munozara uchun davra, qo‘yingki, istak va iqtidor namoyon bo‘lishi uchun zarur har qanday imkoniyat mavjud. Har bir yo‘nalishda tajribali murabbiylar yoshlar bilan shug‘ullanadi.

“Yoshlar markazi”da shu bugun birinchi ommaviy tadbir ham o‘tkazildi. Farg‘ona shahar hokimligi 200 nafar kam ta’minlangan va yosh oila farzandlari uchun xatna to‘yi qilib berdi. Dasturxon yozilib ularning oilalari va mahalla ahliga ehtirom ko‘rsatildi. Bolajonlarga esa velosipedlar sovg‘a qilindi.

<iframe width="640" height="480" src="https://www.youtube.com/embed/-H8cMtPbXEE?si=2EWRggWhvKPOuUND" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhammadjon Obidov, Elyor Olimov(video,surat),

O‘zA