Farg‘ona shahrida ulkan non tayyorlandi
Buning uchun shahardagi non markazi rahbari O‘tkirjon Mamajonovning 5 nafar shogirdi ko‘makchi bo‘lib, 16 kilogramm un, 3 kilogramm yog‘ va 3 litr suv kerak bo‘ldi.
Non sifatli va chiroyli chiqishi uchun yong‘oq, mayiz, sedana ham qo‘shildi. Xamirni taroziga qo‘yishgan vaqti 23 kilogramdan ortiqroqni ko‘rsatdi.
Ulkan nonni tandirga yopish uchun alohida rapida tayyorlandi. Aytganday, katta tandir ham ustalar tomonidan mos holga keltirildi.
Nonvoy O‘tkirjon 50 kilogrammli non tayyorlashni reja qilyapti. Bu uchun maxsus tandir qurdirmoqchi.
[gallery-22274]
Non pishgach, uni novvoylar uzib tarozi ustiga qo‘ydilar. 21 yarim kilogrammni ko‘rsatdi. Demak, mamlakatimizdagi rekord yangilandi.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA