Farg‘ona shahrida 300 o‘rinli davlat-xususiy sherikchiligi asosida zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.
bugungi kunda Farg‘ona viloyatida maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi bog‘chalar qurish bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Farg‘ona shahrida maktabgacha ta’lim tashkilotlarining soni 118 taga yetib, bolalarni qamrab olish ko‘rsatgichi 98 foizni tashkil etmoqda.
E’tiborli jihati, bu yerda 31 ta davlat-xususiy sheriklik asosida loyihalar amalga oshirildi. Yangi buyond etilgan “Malenkaya strana” nomli maktabgacha ta’lim tashkiloti ham ana shulardan biridir. Mazkur loyiha uchun 9 milliard 644 mablag‘ sarf etilgan bo‘lib, bolajonlar uchun barcha sharoitlar yaratildi.
[gallery-432]
– Muassasamizda bolajonlarga ingliz, rus va koreys tillari hamda kompyuterda ishlash o‘rgatiladi, – deydi maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari Yuliya Im. – Bundan tashqari, sport to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan, xususan, gimnastika bilan shug‘ullanadilar. Shuningdek, mashg‘ulotlar eng ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etiladi. Yangi bog‘chamizda 30 dan ortiq yangi ishchi o‘rni yaratildi.
M. Sulaymonov, M. Qodirov (surat), O‘zA