French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘ona shahri voleybolchilar musobaqasiga mezbonlik qildi
17:23 / 2023-11-29

FOTOREPORTAJ

Farg‘ona shahridagi “Samo” sport majmuasida uch kun davom etgan “Besh tashabbus olimpiadasi”ning voleybol sport turi B-liga yo‘nalishi bo‘yicha 16-21 hamda 22-26 yosh toifasidagi sportsevarlar o‘rtasida Respublika final musobaqasi yakunlandi.

Unda o‘z hududlarida chempionlikni qo‘lga kiritgan mahallalar yoshlari ishtirok etib, g‘oliblikka munosib da’vogar ekanligini yakuniy bahslargacha amalda ko‘rsatdi.  

[gallery-14822]

16-21 yoshli mahalla yoshlari o‘rtasida Namangan viloyati Uychi tumani vakillari g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Navoiy va Farg‘ona viloyati yoshlari ikkinchi va uchin o‘rinlarga ega chiqdi. 22-26 yoshli ishtirokchilar orasida Samarqand viloyatining Urgut tumani sportsevarlari birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Qashqadaryo va Jizzax viloyatlari voleybolchilari shohsupaning ikkinchi va uchinchi pog‘onalarini zabt etdi.  

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlarga O‘zbekiston yoshlar siyosati va sport vazirligi,  viloyat hokimligi, yoshlar siyosati va sport boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi va Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan diplom, medal va esdalik sovg‘alari topshirildi.  

O‘zA fotomuxbiri Muqimjon QODIROV olgan suratlar.