Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘ona sanoati yuksalish yo‘lida
18:02 / 2026-02-25

2025-yilning yanvar-dekabr oylarida Farg‘ona viloyati sanoat korxonalari tomonidan 59 364,4 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgani va u 2024-yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan 107,3 foizni tashkil etgani haqida ilgari xabar bergan edik. 2026-yil 1-fevral holatiga ko‘ra, viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlar soni (dehqon va fermer xo‘jaliklari bundan mustasno) 38,4 mingtani tashkil etadi, shundan 31,8 mingtasi yoki 82,9 foizi kichik korxona va mikrofirmalardir. 2025-yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 109,8 foizni, jumladan, kichik biznes va mikrofirmalarda 111,5 foizni tashkil etdi.

Viloyatda yana bir tendensiya kuzatilyapti. Qishloq, o‘rmon  va baliqchilik xo‘jaligi sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va  tashkilotlar soni ham oshib bormoqda. Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, Farg‘ona viloyatida 2026-yil 1-fevral oyi holatiga qishloq, o‘rmon  va baliqchilik xo‘jaligi sohasida 1 497 ta korxona va tashkilot faoliyat yurityapti.

Muhammadjon Obdiov, O‘zA