Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘ona: Kecha va bugun
12:26 / 2022-09-26

FOTOREPORTAJ

Vodiy gavhari bo‘lmish Farg‘ona keyingi yillarda tanib bo‘lmas darajada o‘zgarib, yanada ko‘rkamlik  kasb etmoqda. 

Ayni jarayonda tarixiy-me’moriy obidalarni qayta tiklash, ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, zamonaviy shaharsozlik me’morchiligi an’analari asosida qator yangi inshootlar, ta’lim-tarbiya, madaniyat va ma’rifat, san’at, sport, sog‘liqni saqlash maskanlari bunyod etilayotir. 

Xususan, shaharning A. Navoiy ko‘chasida 1946-1947 yillarda qurilgan uy-joylar ma’naviy va moddiy jihatdan eskirgani bois, ular o‘rnida 2019 yili ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi boshlangan edi. 11 ta 12 qavatdan iborat ushbu yangi uy-joylar bugun shahar qiyofasiga o‘zgacha ko‘rk bo‘lib qo‘shilgan. 2021 yili mazkur uylarning 3 tasi foydalanishga topshirildi. Qolganlarida esa so‘nggi pardozlash ishlar amalga oshirilmoqda. 

[gallery-8922]

Mazkur ko‘p qavatli uylar “Fayz binokor qurilish montaj” korxonasi, “426-xo‘jaliklararo ixtisoslashtirilgan ko‘chma kolonna” va “Farg‘ona qurilish ko‘rki” mas’uliyati cheklangan jamiyati bunyodkorlari tomonidan qurib bitkazildi. Turar-joy binosining birinchi va ikkinchi qavatlarida Hunarmandlar markazi, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish kompleksi va sog‘lomlashtirish majmuasi faoliyati yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.

E’tiboringizga havola etilayotgan ushbu fotolavhalarda yuqorida qayd etilgan ko‘p qavatli uy-joylarning qurilish jarayonlari fotomuxbirimiz tomonidan 2019-2022 yillar mobaynida tasvirga muhrlandi.
 


Muqimjon QODIROV (surat),O‘zA