Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining yangi barpo etilgan o‘quv binosi foydalanishga topshirildi
08:33 / 2024-04-16

Ochilish marosimida soha mas’ullari, yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari, talaba-yoshlar, keng jamoatchilik hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Yoshlarga tuhfa etilgan mazkur o‘quv binosi, ya’ni zamonaviy kampus uchun 20 milliard so‘m mablag‘ sarflandi.

Inshootda 200 o‘rinli konferens zal, 2000 nafar talabaga mo‘ljallangan 3 qavatli o‘quv binolari, sport maydoni, 300 o‘rinli yangi oshxona va talabalar turar joyi mavjud.

2022 va 2023-yil yakunlari bo‘yicha ushbu institut nufuzli xalqaro reytinglarda TOP-1000 ta oliygoh orasida e’tirof etilgan hamda viloyat oliy ta’lim muassasalari orasida birinchi bo‘lib “Davolash ishi” ta’lim dasturi xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazilgan.

O‘zA