Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida ta’lim sifati xalqaro talablarga mosligi tasdiqlandi
12:11 / 2025-11-20

FOTOREPORTAJ

So‘nggi yillarda mamlakatimizda tibbiy ta’limni isloh qilish, xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish va mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Tibbiyot OTMlarining xalqaro akkreditatsiyadan o‘tishi mazkur islohotlarning amaliy natijasidir.

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida xalqaro akkreditatsiya jarayonlari yakunlanib, institutining pediatriya, stomatologiya va farmatsiya bakalavriat yo‘nalishlari xalqaro mezonlarga to‘la javob berishini tasdiqladi. Akkreditatsiya Qozog‘istonning “IAAR – Independent Agency for Accreditation and Rating” agentligi tomonidan o‘tkazildi.  

[gallery-26335]

Ta’kidlash kerak, mazkur agentlik Jahon tibbiy ta’lim federatsiyasi (WFME) tomonidan tan olingan bo‘lib, uning xulosalari institutdagi ta’lim sifati xalqaro talablarga mosligini ko‘rsatadi.

Tekshiruvlar davomida xalqaro ekspertlar o‘quv dasturlari, auditoriya va laboratoriya jarayonlari, simulyatsiya markazi imkoniyatlari hamda klinik bazalardagi amaliyotni atroflicha o‘rgandi. Shu bilan birga, professor-o‘qituvchilar, talabalar, bitiruvchilar va ish beruvchilar bilan muloqotlar tashkil etilib, ta’lim sifatini baholashda ularning fikrlari inobatga olindi. Ekspertlar institutning ichki sifat nazorati tizimi, pedagoglarning salohiyati va o‘quv jarayonini tashkil etishdagi kuchli tomonlarni e’tirof etdi.

Xalqaro akkreditatsiya institutning nufuzini oshirish bilan birga, talabalar va bitiruvchilar uchun yangi imkoniyatlar ham yaratadi. Jumladan, diplomlarning xorijda tan olinishi, akademik mobillik dasturlarida qatnashish, chet el klinikalarida amaliyot o‘tash va xalqaro loyihalarda ishtirok etish imkoniyatlari yanada kengayadi. Shuningdek, ECFMG, SFMG kabi xalqaro baholash tizimlarida qatnashish, WDOMS ma’lumotlar bazasidagi yangilanishlar orqali AQSH, Kanada va boshqa rivojlangan mamlakatlarda faoliyat yuritish imkoniyati ochiladi.

Umuman olganda, Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining xalqaro akkreditatsiyadan o‘tishi – ta’lim sifati yuqori darajada ekanining muhim tasdig‘i bo‘lib, O‘zbekiston tibbiy ta’limining jahon maydonidagi nufuzini yanada mustahkamlaydi.  

Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA