Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti dunyoning nufuzli THE (The Times Higher Education) agentligi tomonidan TOP-1000 ta oliy ta’lim muassasalari qatorida e’tirof etildi.
Ushbu reytingda dunyoning 112 davlatidan 2 mingga yaqin universitetlar qamrab olindi. Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti jami 53,8 ball to‘plab, 1000-o‘rinni qayd etdi.
Institut bir vaqtning o‘zida “Impact ranking” reytingining 2 ta yo‘nalishida TOP-500 oliy ta’lim muassasalari qatorida e’tirof etildi. Ushbu “Qashshoqlikni yo‘qotish” (49.4 ball) hamda “Salomatlik va farovonlik” (63.8 ball) yo‘nalishlari reytingning muhim qismini tashkil etadi. Reytingning “Gender tengligi” yo‘nalishida institut 34,3 ball bilan 800-o‘rinni egallagan bo‘lsa, “Sifatli ta’lim” yo‘nalishida esa jami 35,7 ball bilan TOP-1000 ta oliy ta’lim muassasalari qatoridan o‘rin oldi.
Eslatib o‘tamiz, Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti o‘tgan yili “Greenmetrics” reytingida ham 642-o‘rinni egallab, dunyodagi mingta eng ilg‘or oliy ta’lim muassasalaridan biri sifatida e’tirof etilgan.
Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA