Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti diplomi butun dunyoda tan olinadi
16:10 / 2024-01-02

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining ta’lim dasturi 5 yil muddatga ECAQA (Eurasian center for accreditation and quality assurance) agentligi tomonidan xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazildi. Prezidentimizning 2023 yil 28 fevraldagi “2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni doirasidagi davlat dasturida oliy ta’lim muassasalarining ta’lim dasturlarini xalqaro ta’lim talablariga moslashtirish vazifasi qo‘yilgan edi. Mazkur institutda uning ijrosi ta’minlandi.

Endilikda Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutini tamomlagan bitiruvchilar dunyoning barcha davlatlaridagi nufuzli universitetlarda magistratura, ordinatura va doktorantura ta’lim yo‘nalishlarida o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. Shu bilan bir qatorda, diplom barcha davlatlarda xalqaro tan olinadigan statusga ega bo‘ladi.

Aytish lozimki, ECAQA (Eurasian center for accreditation and quality assurance) agentligi Butunjahon Tibbiy ta’lim Federatsiyasining (World Federation for Medical Education) butun dunyoda tan olingan agentliklari ro‘yhatiga kiradi va xalqaro nufuzga ega tashkilot hisoblanadi.  

Ma’lumot uchun: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti 2020 yilda tashkil etilgan bo‘lib, o‘tgan qisqa davr mobaynida salmoqli yutuqlarga erishdi. Jumladan, "Greenmetrics UI" xalqaro reytingida 2022 va 2023 yillarda TOP-1000 ta universitetlar qatorida e’tirof etildi. Shuningdek, 2023 yilda "Times Higher Education (THE) Impact ranking" reytingida TOP-1000 ta OTMlar orasida qayd etildi. Qolaversa, ushbu yil "Round university ranking" (RUR) reytingida ham TOP-1000 ta oliy ta’lim muassasalari qatorida e’tirof etildi.

 

M.Sulaymonov, O‘zA muxbiri