English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Farg‘ona issiqlik elektr markazi” ko‘chat ekish tadbirlarida faol ishtirok etmoqda
17:46 / 2022-11-15

FOTOREPORTAJ

“Yashil makon” umummilliy loyihasi Farg‘ona viloyatida ham uyushqoqlik bilan tashkil etilmoqda.

Loyihada faol ishtirok etayotgan “Farg‘ona issiqlik elektr markazi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan hududlarda ko‘chat ekish, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirishga doir tadbirlar belgilangan.

[gallery-9586]

Korxonaning atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha muhandisi Murodjon Obidovning aytishicha, daraxtlar havodagi zararli karbonat angidridni yutib, o‘rniga kislorod ishlab chiqaradi va bizning nafas olishimizga yordam beradi. Ular issiqda salqinlikni ta’minlaydi, atrof-muhitni shovqinlardan himoya qiladi.

Korxona jamoasi tomonidan hozirga qadar 1666 tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA