English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘ona hunarmandchiligi – rivojlanishning yangi bosqichida
10:27 / 2023-01-03

FOTOREPORTAJ

Farg‘ona viloyati hokimligi tomonidan 2022-2024 yillarda Hunarmandchilikni rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha  “yo‘l xaritasi”ga muvofiq 2022 yilda salmoqli ishlar ro‘yobga chiqarildi.

Xususan, yangi tadbirkorlik sub’ekti sifatida ish boshlash niyatidagi 914 nafar hunarmand loyihalariga “Xalq banki”, “Mikrokreditbank” va “Agrobank” tomonidan 35,4 mlrd. so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilib,  4 ming 225 ta ish o‘rni yaratildi.  

Bundan tashqari O‘zbekiston xalq ustasi Muhamadali Yunusov  maktabini yaratish hamda “usta-shogird” an’anasi asosida 2022-2023 yillarda 400 nafar ishsiz yosh yog‘och o‘ymakorligi hunarini o‘rganishi uchun Furqat tumanida  Usta Yusufjon naqqosh nomidagi naqqoshlik va yog‘och o‘ymakorlik maktabi ishga tushirildi.  

Marg‘ilonlik ipak matolari ishlab chiqaruvchi 41 ta  usta-hunarmand mahsulotlarini jamlagan holda «Yebay» va «ETSY» kabi xalqaro onlayn savdo maydonlariga joylashtirildi. Ayni paytda «Amazon» xalqaro onlayn savdo maydoniga hunarmandchilik mahsulotlarini joylashtirish ishlari olib borilmoqda.  

[gallery-10170]

2023 yilda esa Rishton tumanida 4 ta kulolchilikka ixtisoslashgan “Hunarmandlar markazi”, Marg‘ilon shahrida “Misgarlik va kandakorlik maktabi” hamda  Qo‘qon shahrida “Milliy hunarmandchilik muzeyi va turizm markazi”ni tashkil etish rejalashtirilgan.  

 

 

Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA