English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘ona: hozirgacha 313 ming tonna tayyor
16:25 / 2025-10-24

Farg‘ona viloyatida bu yil 72 ming gektar maydonda chigit ekilib, paxta yetishtirildi. Uning 25 ming gektariga Xitoydan keltirilgan navlar ekilgan edi.

Qolaversa, paxta dalalarining bir qismida ko‘chat qo‘shqator uslubda undirib olindi. Bu maydonlarda har gektarda 200-250 ming tup ko‘chat bor edi. Qo‘shtepa, Uchko‘prik, Dang‘ara, Yozyovon, Oltiariq, Quva, Bag‘dod tumanlari peshqadam bo‘lib, shartnomaviy rejani uddalashdi.

Shu kungacha paxta maydonlaridan o‘rtacha 44 sentnerdan jami 313,2 ming tonna (100%) paxta xom ashyosi “Agrotarozi” axborot tizimi orqali qabul qilindi, shundan 105 ming tonnasi mashinalarda terib olindi.

Mavjud 2 491 ta fermerdan 691 tasi har gektar maydondan o‘rtacha 50 sentnerdan 70 sentnergacha hosil olgan deyiladi rasmiy ma’lumotlarda.

Bu yil viloyat paxta dalalarida 194 ta terim mashinalari ishladi. Maqsad yetishtirilgan xosilning yarmini ular yordamida terib olishdir.

Viloyat shartnomaviy rejasi bajarildi. Ammo yig‘im terim davom etmoqda. Mo‘ljal yalpi hosilni 350 ming tonnaga, hosildorlikni esa o‘rtacha 50 sentnerga yetkazishdir.

Muhammadjon Obidov, O‘zA