Internet xabarlariga ko‘ra, hamisha bog‘ va gullarga burkangan Farg‘ona ob-havosi ham belgilangan me’yorlardan ancha ko‘p darajada ifloslangan. Ha, Toshkentning changga to‘lgan havosi Farg‘onaga ham keldi.
Farg‘ona viloyat hokimligi Axborot xizmati tarqatgan videorolik hamda xabarda ta’kidlanishicha, kecha va bugun erta tongdan Farg‘ona shahrining barcha ko‘chalariga obodonlashtirish va boshqa idoraviy maxsus texnik vositalar chiqarildi. Ular shahardagi yo‘l bo‘yi va xiyobonlardagi daraxtlarni sug‘ormoqda, joylarga yangi ko‘chatlar keltirib ekilyapti. Farg‘ona ko‘chalariga esa suv sepib chang va g‘uborni kamaytirish choralari ko‘rilmoqda. Bu natijasini berdi, deyish mumkin. Ko‘pdan buyon uzoqdagi oppoq qor qoplangan tog‘lar Farg‘onadan ko‘rinmay qolgan edi. Endi ularni yaqqol ko‘rasiz. Yo‘llarchi, ular aslida shu qadar chiroyli ekani suv sepib yuvilganida yana ravshanroq bilindi. “Yashil belbog‘”dan esa archalarning xushbo‘y hidi taraldi.






Tadbir bir necha soatli emasdi. Tunda ham bu ishlar davom ettirildi. Ayniqsa, “Yangi O‘zbekiston” hududidagi daraxt barglari, archa ninachalari yuvilgach o‘zidan ajib ifor chiqardi.
Bu ishlardan aholi quvondi. Ammo bir savol tug‘iladi: ko‘cha va daraxt barglarini yuvish, ularni sug‘orish bir martali tadbir bo‘lib qolmaydimi?
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/WyJAG9uVcHM" title="Farg‘ona havosini tozalash choralari ko‘rilmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhammadjon Obidov, Elyor Olimov (video, surat), O‘zA