English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘ona hamda Sirdaryo viloyatidagi Bolalar uylari yopildi
21:06 / 2022-01-18

Mamlakatimizda yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Davlatimiz rahbarining qaroriga asosan Milliy gvardiyaga respublikadagi Xalq ta’limi vazirligiga qarashli 16 ta Mehribonlik uylari, 4 ta Bolalar shaharchalari, 5 ta Oilaviy bolalar uylari bilan birgalikda Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi 13 ta Bolalar uylari (Chaqaloqlar uyi) biriktirilgan edi.

Xususan, hozirga kelib, tadbir boshidan respublikamiz bo‘ylab 13 ta Bolalar uylarida jami 531 nafar bolalardan, 172 nafari oila va yaqin qarindoshlariga, oilaviy bolalar uylariga, vasiylik va patronat, homiylikka hamda farzandlikka berildi.

2021 yil 13 dekabrdagi Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘iga asosan Bolalar uylarini birlashtirish va optimizatsiya qilish maqsadida bugun Farg‘ona hamda Sirdaryo viloyatidagi Bolalar uylari faoliyati to‘xtatildi.

O‘zA