French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘ona giloslari Singapur supermarketlarida sotilmoqda
12:26 / 2021-06-05

Tarixda birinchi marta o‘zbek gilosi Singapur bozoriga yetkazildi.

Farg‘ona viloyatida yetishtirilgan giloslar “Uz-segang” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qo‘shma korxona tomonidan Singapurga eksport qilindi va yarim kilolik qutilarda 8,8 dollar narxda Singapur suparmarketlarida sotilmoqda.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va eksportga tayyorlashga ixtisoslashgan “Uz-segang” MCHJ qo‘shma korxonasi “Global GAP” xalqaro sertifikatiga ega bo‘lib, ushbu sertifikat korxona tomonidan meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorga, shu jumladan, Yevropaning istalgan davlatlariga to‘siqsiz eksport qilish imkonini beradi.

Hozirda korxona tomonidan Koreyaga ham katta hajmda gilos eksporti amalga oshirilmoqda. Farg‘ona viloyati hokimligi ko‘magi bilan buning uchun maxsus charter reysi tashkil etildi.

M. Sulaymonov, O‘zA