Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘ona farzandi Aleksandr Abdulov uyining ko‘cha devoriga yodgorlik lavhi o‘rnatildi
06:32 / 2022-06-03

FOTOREPORTAJ

Farg‘ona viloyat hokimligi tomonidan kino san’atida o‘chmas iz qoldirgan aktyor, Farg‘ona farzandi Aleksandr Abdulovning 69 yilligi munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

[gallery-7415]

Ijodiy faoliyatini 5 yoshida Farg‘ona drama teatrida boshlagan aktyor kinodagi ilk rolini talabalik davrida, 1970 yilda ijro etgan. Aleksandr Abdulov umri davomida yuzdan oshiq filmda turli obrazlarni gavdalantirgan. 

Farg‘ona shahrida aktyorning bolaligi va o‘smirligi o‘tgan uyning ko‘cha devoriga uning do‘stlari hamda muxlislari ishtirokida yodgorlik lavhi o‘rnatildi. Tadbir Farg‘ona viloyat tarixi va madaniyati davlat  muzeyida davom etdi. 
bugungi kunda ushbu muzeyda A. Abdulovning hayoti va faoliyatiga oid  buyumlar saqlanib kelinmoqda.


 

Muqimjon QODIROV (surat),O‘zA