Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘ona davlat universitetining “Futzal” jamoasi  1-liga musobaqalarida ishtirok etadi
17:00 / 2025-06-05

Farg‘ona davlat universitetida 1-liga musobaqalariga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan “Futzal” jamoasini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov “Futzal” jamoasi vakillarini samimiy qutlab, sport sohasida berilayotgan imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanayotgan yoshlarning kelajagi albatta buyuk bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, oliygohda yoshlar sportiga qaratilayotgan e’tibor samarasi sifatida sportchi talabalar O‘zbekiston musobaqalarida 196 ta, xalqaro musobaqalarda 22 ta medalni qo‘lga kiritgani e’tirof etildi. 

Qolaversa, Farg‘ona davlat universiteti respublikadagi TOP 5ta oliygohlar qatoriga kirgani faxr bilan qayd etildi.

Tadbirda fakultetning faxrli professor-o‘qituvchilari yosh sportchilarni tabriklab, kelgusi jarayonlarda ularga ulkan muvafaqiyatlar tiladi. Iroda va maqsad, harakatga rioya qilish orqali eng yuqori marralarni egallashlariga katta ishonch bildirildi. Shuningdek, talabalar ham so‘zga chiqib, oliygoh rektoriga va ustozlariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Sportchi talabalar va “Futzal” jamoasi universitet rektorining qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Nilufar Bozorova, O‘zA