Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘ona davlat universitetida ijodiy (kasbiy) imtihonlar boshlandi
16:47 / 2025-07-07

Farg‘ona davlat universitetida 2025-2026 o‘quv yili uchun abituriyentlar o‘rtasida kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi.

Farg‘ona davlat universiteti – mamlakatimizdagi eng nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. 1930 yilda tashkil etilgan universitetda ayni paytda 15 dan ortiq fakultetlar, 50 ga yaqin bakalavr yo‘nalishlari va 30 dan ziyod magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlanmoqda. 

Joriy yilgi kasbiy (ijodiy) imtihonlar jismoniy madaniyat, voleybol, futbol, chaqiriqqacha harbiy ta’lim hamda musiqa ta’limi kabi yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etilmoqda. Imtihon jarayonlari universitetning turli maskanlarida adolatli, oshkora va shaffof o‘tkazilishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Imtihonlar maxsus tuzilgan komissiyalar, mutaxassis o‘qituvchilar va kuzatuvchilar ishtirokida amalga oshirilmoqda. Abituriyentlarning imkoniyatlarini xolis baholash, sinovlarni adolatli va ochiq shaklda o‘tkazish asosiy ustuvor vazifa etib belgilangan.

Nilufar Bozorova, O‘zA