Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Farg‘ona” chegara bojxona postida pirotexnikalar ushlab qolindi
17:57 / 2023-12-14

Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasining “Farg‘ona” chegara bojxona posti va DXX Chegara qo‘shinlari xodimlari bilan hamkorlikda post orqali qo‘shni davlatdan kirish yo‘nalishida harakatlanayotgan “Damas” rusumli avtotransport vositasi postda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

Bojxona ko‘rigi natijasida avtomashina orqa o‘rindig‘i ostida maxsus yasalgan xufiya qismga haydovchi tomonidan xorijda ishlab chiqarilgan umumiy qiymati 16 million so‘mlik 16 ming 500 dona peterdalar va 55 dona mushaklar bojxona nazoratidan yashirincha mamlakatimizga olib kirilmoqchi bo‘lingani aniqlandi. 

Mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. 

M.Sulaymonov, O‘zA