French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fargʻonalik rahbar va xodimlar 24 milliard soʻmlik ish haqini “Saxovat va koʻmak” umumxalq harakatiga oʻtkazmoqda
18:23 / 2020-04-29

Shuningdek, aholining ehtiyojmand qatlamlarini karantin davrida qoʻllab-quvvatlash maqsadida 30 mingta xonadonlarga un, yogʻ, shakar va guruch mahsulotlarini bepul yetkazib berish uchun viloyat mahalliy byudjetidan 4 milliard soʻm mablagʻ ajratildi.


Fargʻona viloyatida “Saxovat va koʻmak” umumxalq harakati doirasida mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimlarida maxsus hisob raqamlar ochilib, 7,4 milliard soʻm mablagʻlar jalb qilindi. Ayni kunlarda ishsiz, ehtiyojmand oilalarni oʻz qaramogʻiga olib, ezgu amallarni bajarish istagida boʻlganlar soni tobora koʻpayib bormoqda. Xususan, fargʻonalik rahbar va xodimlar oʻzlarining besh kunlik – 24 milliard soʻm ish haqini oʻtkazib berish tashabbusini bildirishdi.

Shuningdek, aholining ehtiyojmand qatlamlarini karantin davrida qoʻllab-quvvatlash maqsadida 30 mingta xonadonlarga un, yogʻ, shakar va guruch mahsulotlarini bepul yetkazib berish uchun viloyat mahalliy byudjetidan 4 milliard soʻm mablagʻ ajratildi.

Bugun boʻlib oʻtgan xalq deputatlari viloyat kengashining oltinchi sessiyasida “Saxovat va koʻmak” umumxalq harakatini yoʻlga qoʻyish tashabbusi doirasida viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar, koʻrilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan Fargʻona viloyati hokimi Shuhrat Gʻaniyev axborot berdi.

–Asosiy eʼtiborni odamlarni boqimandalikka oʻrgatib qoʻymaslik va ularni doimiy mehnat bilan bandligini taʼminlashga qaratgan holda 55 ming 600 ta muhtoj xonadonlardagi qoʻlida hunari bor, mehnat qilishga yaraydigan 70 ming nafar fuqarolarni viloyatdagi 13 ming 354 ta xoʻjalik yurituvchi subyektlar va tadbirkorlarga 3 oy muddatga ishga joylashtirish boʻyicha ishlar olib borilmoqda, – dedi viloyat rahbari. – Xoʻjalik yurituvchi subyektlar hamda tadbirkorlar tomonidan ishga qabul qilingan fuqarolarga uch oyda 114 milliard soʻm mablagʻ ish haqi sifatida toʻlab beriladi.

Sessiyada sektorlar kesimida shakllantirilgan ishsiz va kam taʼminlangan aholining roʻyxatini qayta koʻrib chiqish, ularga ixtiyoriy tarzda tadbirkorlarni biriktirish, shuningdek, aholi bandligini taʼminlash, muhtoj oilalarni moddiy qoʻllab-quvvatlash va ushbu jarayonlarda faol ishtirok etgan tadbirkorlarga davlat tomonidan imtiyozlar berilishini tashkil etish boʻyicha viloyat chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash toʻgʻrisidagi axborot ham tinglandi.

Davlatimiz rahbarining topshiriqlari asosida viloyatning 19 ta tuman va shaharlaridagi kambagʻal oilalar va pandemiya davrida ishsiz qolgan fuqarolar toʻliq xatlovdan oʻtkazib chiqildi. Xatlov natijalariga koʻra 55 ming 634 ta ehtiyojmand xonadonlarda 98 mingdan ortiq mehnatga layoqatli fuqarolar mavjudligi aniqlandi. Bugungi kunga qadar pandemiya davrida ishsiz qolgan 32 ming 40 ta xonadonlardagi qariyb 70 ming nafar fuqarolardan 22 ming nafari 1 ming 570 ta xoʻjalik yurituvchi subyektlarga doimiy va mavsumiy ishlarga joylashtirildi.

“Saxovat va koʻmak” umumxalq harakatida faol ishtirok etayotgan 753 ta tadbirkorlik subyektlarini qariyb 190 milliard soʻm kreditlarining qaytarish muddati joriy yilining 1-oktyabr kuniga qadar uzaytirib berilgan. Xususan, Fargʻona tumanidagi 7 ta tekstil korxonalari tomonidan 804 nafar fuqarolar ish bilan taʼminlanib, 352 nafar ehtiyojmand oilalarni oziq-ovqat mahsulotlariga 300 million soʻm mablagʻ ajratilgan. Buning hisobiga ularning tijorat banklaridan olgan 26 milliard soʻm kredit mablagʻlarini qaytarish muddatlari 1-oktyabrga qadar uzaytirildi.

Shuningdek, aylanma mablagʻlar uchun kredit ajratilishini soʻragan 302 ta korxonalarning 31 tasiga 19,3 milliard soʻmlik kredit liniyalari ochilgan.

Sessiyada muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.