French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onalik o‘smirlar umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi
17:14 / 2016-10-19

Namanganda 2002-2003-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.

Namanganda 2002-2003-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Boks federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 300 dan ziyod sporchi o‘n yetti vazn toifasida g‘oliblik uchun bahslashdi.

Musobaqalar yakuniga ko‘ra, 6 oltin, 4 kumush va 6 bronza medalni qo‘lga kiritgan Farg‘ona viloyati vakillari umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.

Chempionat shohsupasining ikkinchi pog‘onasidan Namangan va Andijon viloyatlari jamoalari, uchinchi pog‘onasidan esa Toshkent shahri vakillari joy oldi.