Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fargʻonaga Ukrainadan 33 bosh naslli qoramol olib kelindi
12:08 / 2020-06-29

Fargʻona viloyati Fargʻona tumanidagi qoramolchilikka ixtisoslashgan “Volida” chorvachilik majmuasi 3000 bosh qoramol boqishga moʻljallangan.


Fargʻona viloyati Fargʻona tumanidagi qoramolchilikka ixtisoslashgan “Volida” chorvachilik majmuasi 3000 bosh qoramol boqishga moʻljallangan.

Ayni paytda bu yerda 680 bosh naslli qoramol parvarishlanmoqda. Xoʻjalik chorvachilikni rivojlantirish davlat dasturiga kiritilgan boʻlib, joriy yilda xorijdan 262 bosh naslli qoramol olib kelishga shartnoma tuzilgan. Yaqinda bank kreditlari evaziga Ukraina davlatidan 33 bosh naslli qoramol olib kelindi. Shuningdek, Estoniyadan 165 bosh, Germaniyadan 64 bosh mol olib kelish uchun qiymati 151 ming 800 yevro boʻlgan shartnomalar tuzildi.

Fermada qoʻshimcha 30 yangi ish oʻrni yaratish koʻzda tutilgan. Sigirlardan sogʻib olingan sut shu yerning oʻzida qayta ishlanib, konditer mahsulotlari ishlab chiqarish uchun mamlakatimiz bozorlarida sotilmoqda.

Veterinariya va chorvachilikni
rivojlantirish davlat qoʻmitasi
Axborot xizmati