Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fargʻonada yirik sement zavodi ishga tushdi
15:22 / 2020-01-12

Mamlakatimizda investitsiya muhiti yaxshilangani natijasida iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarga toʻgʻridan-toʻgʻri sarmoyalar faol kirib kelmoqda.


Fargʻona viloyati Beshariq tumanida sement ishlab chiqarishga moʻljallangan “Fargʻona Yasin qurilish mollari” Oʻzbekiston-Xitoy qoʻshma korxonasining birinchi bosqich loyihasi ishga tushirildi.

Mamlakatimizda investitsiya muhiti yaxshilangani natijasida iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarga toʻgʻridan-toʻgʻri sarmoyalar faol kirib kelmoqda. Xususan, Fargʻona viloyatida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar ishtirokida hududiy loyihalarni oʻz vaqtida amalga oshirish va ijrosini taʼminlash borasida ishlar samarasida eng chekka hududlarda ham yangi korxonalar tashkil etilyapti. Asosiysi, xorijlik investorlar hamkorlikda istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga katta qiziqish bildirmoqda. Mazkur yirik sement zavodi qurilishi investitsion loyihasi ham ana shulardan biridir. Qoʻshma korxona “Great Amirxan oil” masʼuliyati cheklangan jamiyati va Xitoyning “Shanxi Xiangsheng” kompaniyasi tomonidan bunyod etildi.

photo5249130324628188371.jpg

Qoʻshma korxonaning ochilish marosimida Fargʻona viloyati hokimi Shuhrat Gʻaniyev soʻzga chiqib, Oʻzbekiston-Xitoy hamkorlik munosabatlari keng koʻlam kasb etib, hududlararo aloqalar yoʻlga qoʻyilayotganligini taʼkidladi. “Shanxi Xiangsheng” kompaniyasining mazkur loyihasi ham buni yaqqol koʻrsatib turibdi. Sement ishlab chiqarish liniyasi tantanali ishga tushirildi.

- Bir yarim yil ichida bu yerda xitoylik investorlarimiz bilan birgalikda keng koʻlamli ishlar bajarildi, - deydi “Fargʻona Yasin qurilish mollari” qoʻshma korxonasi direktori oʻrinbosari Erkinjon Mahmudov. –Zamonaviy texnologiyalar ishlab chiqarishga joriy etilib, loyihaning birinchi bosqichi ishga tushdi. Bu yerda bir kunda 2 ming 500 tonna sifatli sement ishlab chiqarish imkoni bor. Bugun ishga tushirilgan yirik sement zavodi nafaqat viloyat, balki, mamlakatimiz iqtisodiyotida muhim oʻrin tutishishi shubhasiz. Loyihaning birinchi bosqichida 113 million dollar investitsiya oʻzlashtirilib, 300 nafar yoshlar ish bilan taʼminlandi.

photo5249130324628188381.jpg

Ushbu investitsion loyihani amalga oshirish uchun aynan mazkur hudud tanlangani bejizga emas. Bu yerda ulkan xom ashyo zaxirasiga ega sement, ohaktosh va tuproq (glina) konlari mavjud. Mazkur loyihaning umumiy qiymati 200 million dollarni tashkil etib, korxonada yiliga 2 million tonna sifatli sement ishlab chiqariladi. Loyihaning ikkinchi bosqichi ishga tushgach, 700 nafar mahalliy aholi doimiy ish taʼminlanadi.

Korxonada ishlab chiqariladigan yuqori sifatli sement mahsulotlari nafaqat ichki bozorda sotiladi, balki, uning maʼlum qismi eksport qilinishi koʻzda tutilmoqda.

photo5249322648968735727.jpg