Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fargʻonada “Ona va bola” jamoat fondi ish boshladi
19:18 / 2020-02-03

Bugungi kunda viloyatda turli davlatlarning yirik kompaniyalari bilan hamkorlikda istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda.


Fargʻona viloyati hokimi Shuhrat Gʻaniyev qabullar uyida Isroil va Rossiyaning tibbiy asbob-uskunalar, jihozlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalarining vakillari hamda mutaxassislari bilan uchrashdi.

Bugungi kunda viloyatda turli davlatlarning yirik kompaniyalari bilan hamkorlikda istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda. Xususan, tibbiyot sohasida ham toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalarni jalb etish orqali shifoxonalarni zamonaviy tibbiy jihozlar bilan taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilyapti. Isroil bilan hamkorlikda bu yoʻnalishda amaliy ishlar boshlangan.

Viloyat hokimi bilan boʻlib oʻtgan muloqot chogʻida ona va bola salomatligini mustahkamlash, tugʻruqxonalarni zamonaviy texnologik tibbiy uskunalar bilan jihozlash, viloyatda yangi tashkil etilgan “Ona va bola” jamoat fondini samarali yoʻlga qoʻyish kabi masalalar muhokama qilindi.

photo5314485884193713424.jpg

– Yurtingizda inson salomatligi yoʻlida olib borilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishmoqdaman – deydi “MVI medical centre” kompaniyasining (Isroil) bosh direktori Natalya Melek. – Oʻzbekistonga, Fargʻonaga ilk bor kelishim. Bu yer menda katta taassurot qoldirdi. Biz tibbiyot sohasida yangi loyihalarni amalga oshirishni rejalashtiryapmiz. Tugʻruq komplekslarini zamonaviy tibbiy jihozlar bilan taʼminlash bilan birgalikda soha mutaxassislarining malakasini oshirishga ham muhim eʼtibor qaratmoqchimiz. Maqsadimiz Isroilda joriy etilgan ilgʻor tibbiy xizmatni Fargʻonada ham yoʻlga qoʻyishdir.

“Servis instrument” kompaniyasi (Rossiya) bosh direktori Sergey Artemov, “Salus” xalqaro jamgʻarmasi bosh direktori (Isroil) Yegor Ivankov ikki tomonlama manfaatli hamkorlik tibbiy xizmat sifatini oshirishga xizmat qilishini qayd etdi.

Viloyat adliya boshqarmasi tomonidan bugun “Ona va bola” jamoat fondi nodavlat notijorat tashkiloti davlat roʻyxatidan oʻtkazilib, guvohnoma oldi. Uchrashuvda yangi ish boshlayotgan mazkur fondning maqsad va rejalari haqida ham soʻz yuritildi.