English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fargʻonada koreyalik tadbirkorlar istiqbolli loyihalarni amalga oshirmoqda
11:13 / 2020-10-09

Fargʻona shahrida faoliyat boshlagan Koreya – Oʻzbekiston biznes assotsiatsiyasining vakolatxonasi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy - gumanitar sohalarda hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqayotgani bilan ahamiyatli.


Fargʻona shahridagi Oʻzbekiston-Koreya universiteti yaqinda zamonaviy yangi binoga koʻchib oʻtgan boʻlib, bu yerda yoshlarga gumanitar hamda texnik-muhandislik yoʻnalishlarida taʼlim berilmoqda. Mazkur muassasa tomonidan 11,9 million dollarlik uchta loyihani amalga oshirish ishlari davom etayotir.

Darhaqiqat, bugungi kunda Janubiy Koreyaning sarmoyadorlari bilan fargʻonalik tadbirkorlar oʻrtasida manfaatli hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Joriy yilda amalga oshirilgan oliy darajadagi tashriflar doirasida qabul qilingan “yoʻl xaritalar”iga viloyatdan 10 ta investitsiya loyihalari kiritilgan.

Quvasoy shahrida tashabbuskor “Grand Hayr Baraka” masʼuliyati cheklangan jamiyati hamda “Myung Sung Placon Ltd” xorijiy hamkor kompaniyasi bilan birgalikda 5 million dollarlik zamonaviy issiqxona barpo etilmoqda. Fargʻona shahrida “Winchemical” masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qoʻshma korxonasida polietilen devor qogʻozlar va izolyatsiyalar, xoʻjalik va bolalar matlari ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi amalga oshirildi. Yaqinda viloyat hokimligi delegatsiyasining Janubiy Koreyaga qilgan tashrifi doirasida esa 885 million dollarlik 8 ta muhim kelishuvga erishildi. Mamlakatimizning Koreyadagi elchixonasi ham manfaatli hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga yaqindan koʻmaklashmoqda.

Fargʻona shahrida faoliyat boshlagan Koreya – Oʻzbekiston biznes assotsiatsiyasining vakolatxonasi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy - gumanitar sohalarda hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqayotgani bilan ahamiyatli.

photo_2020-10-09_11-21-20.jpg

– Oʻzbekiston qadimiy va boy tarixga ega, Buyuk ipak yoʻlining markazi boʻlgan oʻlka, – deydi Koreya – Oʻzbekiston biznes assotsiatsiyasi vakolatxonasi rahbari Yun Djong Sok. – Ayniqsa, Fargʻona viloyati oʻzining hududiy joylashuvi, yoʻl va kommunikatsiya tarmoqlari rivojlangani bilan ajralib turadi. Bu Janubiy koreyalik yirik tadbirkor va investorlarning qiziqishlarini oshirmoqda. Ayni kunda ip yigiruv va toʻqimachilik sanoati, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish va eksporti boʻyicha istiqbolli loyihalarni amalga oshirish istagida boʻlgan yirik kompaniya va tadbirkorlarni Fargʻonaga jalb etishda yaqindan koʻmak berish, qoʻllab –quvvatlashga alohida eʼtibor qaratyapmiz. Muhimi, hamkorlikda ish olib borish istagida boʻlgan tadbirkor va ishbilarmonlar koʻp. Bu bizga kelayotgan murojaatlar, taklif etilayotgan yangi loyihalar misolida koʻrinib turibdi.

Istiqbolli loyihalar koʻlami keng va rang – barangligi bilan eʼtiborni tortadi. Vakolatxona sanoat va qishloq xoʻjaligi tarmoqlarida iqtisodiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, mahalliy xomashyolardan yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish, eksport hajmini oshirish, yangi ish oʻrinlari yaratishni maqsad qilgan. Qoʻshma loyihalarni roʻyobga chiqarishda yirik kompaniya va sarmoyadorlarga viloyat investitsion salohiyati, yaratib berilgan imkoniyat va imtiyozlar haqida toʻlaqonli maʼlumotlar bazasini yaratish va targʻib etish ishlariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Sirasini aytganda, ikki davlat tadbirkorlarining muloqot maydoni boʻlgan vakolatxona koʻmagida hayotga tatbiq etilayotgan loyihalar yurt farovonligi yoʻlida qoʻyilgan muhim qadamlardan sanaladi.