Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fargʻonada 510 tup “koʻknori” parvarishlab kelayotgan fuqaro aniqlandi
16:10 / 2020-05-21

Tadbir jarayonida aniqlangan ashyoviy dalillar tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.


Fargʻona viloyati Qoʻshtepa tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida Shodlik mahallasi hududida yashovchi M.X. ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda tomorqasida 510 tup “koʻknori” oʻsimliklarini parvarishlab kelayotganligi aniqlandi.

Tadbir jarayonida aniqlangan ashyoviy dalillar tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Shuningdek, Dangʻara tumanida 14-may kuni Oqtepa mahallasi hududida yashovchi fuqaro B.S.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilgan chogʻida qilmishi fosh boʻlib qoldi. Tomorqasida 1332 tup “koʻknori” va 25 tup “kannabis” giyohvandlik oʻsimliklarini parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Fargʻona tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida Yuqori Gulshan mahallasi hududida yashovchi Oʻ.X.ning tomorqasida 2 tup “kannabis” va 277 tup “koʻknori” oʻsimliklarini parvarishlab kelayotganligi aniqlandi.

Ayni kunlarda mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan boʻlib, tergov harakatlari olib borilmoqda.