Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fargʻonada 19 nafar bemor sogʻaydi, ular orasida uch oylik chaqaloq ham bor
12:00 / 2020-04-24

Bemorlarning 10 nafari erkak, 9 nafari ayol boʻlib, ular orasida uch oylik chaqaloq ham bor.


Davlatimiz rahbari koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda haqiqiy qahramonlik koʻrsatayotgan jonkuyar shifokorlarga alohida minnatdorchilik bildirib turgan bir paytda, tibbiyot xodimlari ham matonat bilan mehnat qilib, yuzlab bemorlarning butkul sogʻayishiga hissa qoʻshishmoqda. Ushbu saʼy-harakatlar samarasi esa kundan kunga yorqinroq namoyon boʻlmoqda.

Jumladan, Fargʻona viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasidan koronavirus infeksiyasiga chalingan 19 nafar bemor sogʻaydi. Ular viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmalari masʼullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Sogʻayganlarning 9 nafari Turkiyadan kelishgan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan. Qolgan 10 nafari koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Ulardan 11 nafari Fargʻonadan, 3 nafari Toshkent shahridan, 2 nafari Samarqanddan, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridan 1 nafardan. Bemorlarning 10 nafari erkak, 9 nafari ayol boʻlib, ular orasida uch oylik chaqaloq ham bor. Eng yoshi kattasi 61 yoshda.

Fargʻona viloyati boʻyicha shu paytga qadar 11 nafar bemor sogʻaygan boʻlsa, endilikda ular 30 nafarga yetdi.

Sogʻaygan bemorlar viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida shifokorlari tomondan Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tavsiyalari asosida olib borilgan toʻgʻri davolash muolajalar tufayli darddan toʻliq forigʻ boʻlishdi.

Hozirda mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan jami 582 nafar bemor toʻliq sogʻaydi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.