Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fargʻonada 15 ming kishiga dori-darmonlar tarqatilmoqda
10:43 / 2020-07-30

Fargʻona viloyatida Qurbon hayiti bayrami arafasida xayrli tashabbusga qoʻl urildi.


Karantin cheklovlari joriy qilingan davrda ehtiyojmand oilalarni qoʻllab-quvvatlash, saxovat koʻrsatish kabi ezgu ishlarning koʻlami yana-da kengaymoqda. Fargʻona viloyatida Qurbon hayiti bayrami arafasida xayrli tashabbusga qoʻl urildi.

Ikkinchi jahon urushi va mehnat fronti qatnashchilari, koʻp yillik xizmatlari hamda mehnatlari uchun mukofotlangan faxriylar, xizmat vaqtida vafot etgan harbiy xizmatchilar oilasi, afgʻon urushi ishtirokchilari, nogironligi boʻlgan fuqarolar, chin yetimlar, ehtiyojmand oilalarga dori-darmonlar jamlanmasi bepul tarqatilyapti. Viloyat hokimligi tomonidan 15 ming kishi uchun hozirlangan mazkur jamlanmada bakteriya va viruslarga qarshi, immunitetni koʻtaruvchi 21 turdagi dori-darmonlar, vitaminlar, himoya vositalari bor.

Ayni kunlarda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, deputatlar shahar-tumanlarda mazkur sovgʻalarni topshirib, ularning holidan xabar olmoqda, ijtimoiy va moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlashyapti.

Shuningdek, bugun viloyat boʻyicha 10 mingta ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib beriladi. Qurbon hayiti bayrami arafasidagi bu ezgu ishlar minglab oilalarga shodumonlik ulashishi shubhasiz.