Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fargʻona yoshlari birinchi oʻrin sohibi
16:34 / 2018-12-12

Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 300 ga yaqin yosh sportchilar ishtirok etdi.


Nukusda Konstitutsiyamizning 26 yillik bayramiga bagʻishlab belbogʻli kurash boʻyicha 2000-2001 yillarda tugʻilgan oʻsmirlar va qizlar oʻrtasida Oʻzbekiston kubogi musobaqasi oʻtkazildi. Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 300 ga yaqin yosh sportchilar ishtirok etdi.

Bahslar oʻsmirlar oʻrtasida 11 vazn, qizlar oʻrtasida 7 vazn toifasida oʻtkazildi. Musobaqa yakunida umumjamoa hisobida Fargʻona yoshlari 1-oʻrinni, Andijon viloyati sportchilari 2-oʻrinni, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va Namangan viloyati jamoalari 3-oʻrinni egalladi.

1.JPG

8.JPG

17.JPG