French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fargʻona viloyati IIB patrul-post xizmatida foydalanish uchun skuterlar keltirildi
11:51 / 2020-03-23

Bugungi kunda Fargʻona, Qoʻqon va Margʻilon shaharlari hududlarida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar osoyishtaligini taʼminlash maqsadida koʻp qavatli turar joylar joylashgan hududlarda motopatrul yoʻnalishlari tashkil etilmoqda. Fargʻona viloyat IIB patrul-post xizmati uchun 6 ta zamonaviy skuterlar olib kelindi.

Hozirda skuterlar sinovdan oʻtkazilib, ulardan foydalanish, texnik imkoniyatlarini oʻrganish boʻyicha xodimlar ishtirokida oʻquv mashgʻulotlari tashkil etilib, amaliy koʻnikmalari shakllantirilmoqda.

Yoqilgʻi tejamkor, ixcham skuterlar xizmat avtomobillari harakatlanishi noqulay boʻlgan joylarga tez yetib borishda xodimlarga qulaylik yaratadi.

Tez orada ushbu texnikalar Fargʻona va Qoʻqon shaharlaridagi motopatrul yoʻnalishlarida foydalanish koʻzda tutilmoqda.

Albatta, yangi texnikalarning xizmatga chiqarilishi mazkur hududlarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, fuqarolarning osoyishtaligini taʼminlash va jamoat tartibini saqlashga katta hissa qoʻshadi.