Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fargʻona viloyati hokimligi saxovat ishlariga hissa qoʻshdi
11:15 / 2020-04-02

Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish va unga qarshi kurashishda xalqimiz hamjihatligi kuzatilmoqda.


Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish va unga qarshi kurashishda xalqimiz hamjihatligi kuzatilmoqda. Bu murakkab davrni talafotsiz oʻtkazish, xalqimizni moddiy hamda maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida barcha tashkilot va korxonalar, tadbirkorlar xayr-saxovat ishlarini boshlab yuborgan.

Fargʻona viloyati hokimligi xodimlari ham “Oʻzbekiston Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga begʻaraz yordam tariqasida bir kunlik ish haqini ixtiyoriy ravishda oʻtkazib berdi.

Shuningdek, shahar va tumanlarda ehtiyojmand oilalarga manzilli yordam koʻrsatish ishlari davom etmoqda. Fargʻona tumanidagi Shohimardon hamda Yordon qishloqlarida 1 ming 184 xonadon boʻlib, shunday sinovli kunlarda viloyat hokimligi tomonidan ularga yordam koʻrsatildi. Bu yerdagi aholi uchun 67 million 360 ming soʻmlik un, guruch, makaron, choy, shakar, sovun, kunjara kabi birlamchi mahsulotlar yetkazib berildi.