Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fargʻona tumanlarida qoʻshimcha kichik sanoat zonalari tashkil etiladi
17:14 / 2018-12-13

Kichik sanoat zonalari hududidagi davlat koʻchmas mulki tadbirkorlarga keyinchalik mulk huquqi berilgan holda 10 yil muddatga ijaraga beriladi.


Kichik sanoat zonalari hududidagi davlat koʻchmas mulki tadbirkorlarga keyinchalik mulk huquqi berilgan holda 10 yil muddatga ijaraga beriladi.

Fargʻona viloyatida qoʻshimcha kichik sanoat zonalari tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali maʼlum qildi.

Qaror bilan Fargʻona shahrida, Furqat, Quva, Oʻzbekiston, Oltiariq, Yozyovon va Qoʻshtepa tumanlarida kichik sanoat zonalari (KSZ) tashkil etilishi belgilandi.

KSZ hududidagi davlat koʻchmas mulki tadbirkorlarga keyinchalik mulk huquqi berilgan holda 10 yil muddatga ijaraga beriladi va ijara toʻlovining eng kam stavkasi belgilanadi.

Yer uchastkalarini berish toʻgʻrisidagi qaror Fargʻona viloyati erkin iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashi tomonidan qabul qilinadi.