Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fargʻona tumani hokimi oʻzgardi
12:18 / 2020-07-17

Bugun xalq deputatlari Fargʻona tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi.


Bugun xalq deputatlari Fargʻona tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi. Unda tashkiliy masala koʻrildi.

Shu paytgacha Fargʻona viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari vazifasida ishlagan Shuhratjon Azimovich Moʻminov Fargʻona tumani hokimi etib tayinlandi.

Eslatib oʻtamiz, Prezidentimiz raisligida joriy yil 8-iyul kuni hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish hamda byudjet tushumlarini soʻzsiz taʼminlash chora-tadbirlari muhokamasiga bagʻishlab oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida Fargʻona tumani hokimi Ilhomjon Nosirov egallab turgan lavozimidan ozod etilgandi.