Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fargʻona shahrida “Isteʼmolchilar uyi” ochildi
12:31 / 2020-10-05

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan Prezidentimizning 5 ta muhim tashabbusi ijrosini taʼminlash maqsadida muayyan ishlar olib borilmoqda.


Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan Prezidentimizning 5 ta muhim tashabbusi ijrosini taʼminlash maqsadida muayyan ishlar olib borilmoqda. Hududlarda “Isteʼmolchi kutubxonasi”, “Isteʼmolchilar uyi” loyihalari amalga oshirilayotgani ham ana shu harakatlar samarasidir. 

Loyiha doirasida hozirgacha barcha viloyatlar hududlarida – Oltiariq, Qiziltepa, Rishton, Sariosiyo, Uzun, Bagʻdod, Fargʻona, Koson, Olot, Dehqonobod va Margʻilonda 11 ta barcha qulayliklarga ega boʻlgan, koʻrkam va shinam majmualar bunyod etildi. Yil oxiriga qadar yana 9 ta ana shunday maʼnaviyat va maʼrifat maskanlari ishga tushiriladi. Ularda yuzga yaqin yosh oʻgʻil va qizlarning ish bilan taʼminlanishiga erishildi.

Bugun Fargʻona shahrida ham zamonaviy uslubda qurilgan, oʻziga xos innovatsion yechimga ega va 5 mingdan ortiq kitoblarga ega boʻlgan “Isteʼmolchilar uyi” binosining tantanali ochilishi marosimi boʻlib oʻtdi. Mazkur majmuaning birinchi qavati “Isteʼmolchi kutubxonasi”, ikkinchi qavati esa Fargʻona shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati idorasidan iborat yaxlit kompleks tashkil etildi. Shuningdek, “Isteʼmolchi kutubxonasi”da Ahmad Fargʻoniy nomidagi Fargʻona viloyat axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda 50 ming nusxadan ortiq kitoblarning elektron bazasi ham shakllantirilgan.

Ochilish marosimida Fargʻona shahar hokimi Hamidjon Habibidinov, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senat aʼzosi, Yozuvchilar uyushmasi viloyat boʻlimi raisi Enaxon Siddiqova, Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi Jahongir Sarimsoqovlar soʻzga chiqdilar.

Shundan soʻng mehmonlar “Isteʼmolchilar uyi“ va unda yaratilgan qulayliklar bilan tanishdilar.