Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fargʻona: Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish ikki barobarga oshadi
11:50 / 2020-04-17

Viloyat sohibkorlari qishloq xoʻjaligi sohasi va tomorqadan samarali foydalanishda katta tajriba ega.


Prezidentimiz raisligida 14-aprel kuni qishloq xoʻjaligi tarmoqlarini yana-da rivojlantirish, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishida berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash borasida Fargʻona viloyatida chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Viloyat sohibkorlari qishloq xoʻjaligi sohasi va tomorqadan samarali foydalanishda katta tajriba ega. Bugungi pandemiya sharoitida ana shunday imkoniyatlar toʻliq ishga solinyapti. Sektor rahbarlari tomonidan oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash uchun aniq chora-tadbirlar tizimli amalga oshirilmoqda.

– 2021-yil 1-aprelgacha boʻlgan davrda viloyatimizda 471 ming tonna meva, 365 ming tonna kartoshka, 125 ming tonna piyoz, 360 ming tonna sabzi, 935 ming tonna boshqa sabzavotlar yetishtirish rejalashtirildi, – deydi viloyat hokimi oʻrinbosari Halimjon Umarov. – Qishloq xoʻjaligi sohasida mahsulotlar ishlab chiqarishni keskin oshirish nafaqat inqiroz taʼsirini yengib oʻtish, balki bozorlarda narx-navoning barqarorligini taʼminlash hamda yuqori daromad olish imkonini beradi. Mazkur mahsulotlar ichki bozor talabini qondirish bilan birga eksport ham qilinadi.

Viloyatda 250 ming gektar sugʻoriladigan yer maydonlari, 40 ming gektar tomorqa yerlar, 40 ming gektar bogʻ va tokzorlar bor. Bu oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, aholining bandligi va daromadini oshirish uchun muhim omil hisoblanadi. Viloyatda 1 ming 41 ta mahalla fuqarolar yigʻini boʻlib, shundan, 830 tasi tumanlarda joylashgan. Oʻtkazilgan xatlov natijalariga koʻra, 285 ta mahallalarda tomorqalarga ekish uchun suv muammosi borligi birma-bir hisob-kitob qilib olindi.

Mahalliy byudjetdan 10 millirad soʻm mablagʻ ajratib, mazkur fuqarolar yigʻinlarida suv nasoslarini oʻrnatish ishlari boshlandi. Mazkur mahallalarda suv taʼminotini yoʻlga qoʻyish hisobiga 80 mingta xonadonlarning 450 gektar tomorqa yerlaridan samarali foydalanish imkoniyatlari yaratiladi.

Viloyatda 3 yillik tomorqalarga ekin ekish ishlari chuqur tahlil qilib chiqildi. Mavjud 40 ming gektar tomorqa yer maydonlarining 60-65 foiziga oziq-ovqat ekinlari ekilgan xolos. Barcha tumanlarda sektor rahbarlari bu yilgi rejani qayta koʻrib chiqib, 80 foiz tomorqaga sabzavotlar ekish boʻyicha aniq rejalarni belgilab oldi hamda har bir sektor rahbari oʻz hududida 100 tadan ixcham issiqxonalar tashkil qiladi. Albatta bu kabi tadbirlarning amalga oshirish hisobiga mahsulot yetishtirish hajmi ikki barobarga oshadi.