Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
FarDu talabasi 7 karra chempion boʻldi
12:04 / 2025-12-17

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida joriy yilning 7-14 dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan V Yoshlar Para Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi munosib ishtirok etdi.

Mazkur nufuzli musobaqada Farg‘ona davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Maxdiya Muxtorova para suzish bo‘yicha yuksak mahorat ko‘rsatdi.  

U 7 ta masofada ishtirok etib, barchasida g‘alaba qozondi va jami 7 ta oltin medalni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Maxdiya Muxtorovaning bunday yuqori natija qayd etishi nafaqat universitet, balki mamlakat para sporti tarixida ham katta yutuq sifatida e’tirof etilmoqda. Bu O‘zbekiston para suzish maktabining salohiyati va tizimli tayyorgarlik jarayonlari samaradorligini yana bir bor namoyon etdi.

Ushbu muvaffaqiyat sportchining tinimsiz mashqi, qat’iyati va ustoz-murabbiylarining samarali mehnati natijasidir.  

Farg‘ona davlat universiteti talabasining V Yoshlar Para Osiyo o‘yinlaridagi ishtiroki O‘zbekiston terma jamoasi umumiy natijasiga salmoqli hissa bo‘lib qo‘shildi.  

Nilufar Bozorova,  

O‘zA