Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Faollarga mukofotlar topshirildi
17:37 / 2021-08-30

Prezidentimizning joriy yil 23 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonida qayd etilganidek, Yangi O‘zbekiston tarixidagi buyuk va shonli sana – Vatanimiz mustaqilligining o‘ttiz yillik bayramini xalqimiz katta shodu xurramlik bilan kutib olmoqda.

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bugun uyushmada ana shunday bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda uyushma ijro etuvchi apparati, “O‘zqurilishmaterialLITI” MCHJ ilmiy-tadqiqot va injiniring markazi, “Tog’-geologiya jamlama ekspeditsiyasi” MCHJ xodimlari ishtirok etdi.

Bayram tadbirida uyushma boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari, texnika fanlari doktori, professor Azizbek Bahodirov jonajon Vatanimizning mustaqillik yillari, ayniqsa, so‘nggi besh yilda Yangi O‘zbekistonda erishilgan ulkan tarixiy yutuqlar hamda ularning xalqimiz va kelajak avlod oldidagi ahamiyati to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.

Uyushma hamda tizim tashkilotlarining qurilish materiallari sanoati sohasining rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan bir guruh fidoyi xodimlariga “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni tantanali vaziyatda topshirildi. Shuningdek, bayram munosabati bilan faol xodimlar uyushmaning faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.

- Iqtisodiyotning boshqa sohalari qatori qurilish materiallari sanoati ham jadal rivojlanayotganligini bugun aniq natijalar bilan ko‘rib turibmiz. Asosiy qurilish materiali bo‘lgan birgina sement ishlab chiqarish hajmi bundan to‘rt yil oldingi natijalarga nisbatan joriy yilda qariyb ikki barobarga o‘sishi kutilmoqda, – dedi tajribali mutaxassis Omonulla Ibragimov.

Tadbir qatnashchilari davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tub demokratik o‘zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanayotgan Yangi O‘zbekistonda tadbirkorlikni jadal rivojlantirish uchun barcha sharoitlar yaratilayotgan yangi davrda yashash, mehnat qilish, ushbu jarayonlarda ishtirok etib, munosib hissa qo‘shish har birimiz uchun oliy baxt ekanligini samimiy e’tirof etdi.

Nasiba Ziyodullayeva tayyorladi.