Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Faoliyati “qoniqarsiz” deb baholangan hokim yordamchilari qayta o‘qitilmoqda
13:14 / 2022-05-01

Navoiyda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish Agentligi tashabbusi bilan “Hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil qilish, mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish yo‘llari” mavzusida seminar tashkil etildi.

Unda Navoiy viloyatida 2022 yilning birinchi choragida samaradorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha “qoniqarsiz” deb topilgan 114 nafar hokim yordamchilari ishtirok etdi.

– Seminarning asosiy maqsadi hokim yordamchilari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yilishini takomillashtirish, mahallalarning “o‘sish nuqtalari” ni aniqlash bo‘yicha metodik bilimlarga ega bo‘lishini ta’minlash, mahalla hududida infratuzilma yaratish hamda mavjud muammolarni tahlil qilish va ularning yechimini topish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat, – deydi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi viloyat boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Shuhrat Hayitov. – “Mahallabay” ishlash tizimida hokim yordamchisilari faoliyatini inson omilisiz monitoring qilish va baholash yuzasidan “Online-mahalla.uz” platformasida samaradorlikni baholash tizimi ishga tushirilgan. Ushbu platforma orqali hokim yordamchilari faoliyati samaradorligi 6 ta ko‘rsatkich va 5 ta tashabbuskorlik bo‘yicha baholashni o‘z ichiga olgan so‘rovnoma orqali onlayn tarzda baholanmoqda. Joriy yilning birinchi chorak yakunlariga ko‘ra, viloyatdagi 330 nafar hokim yordamchisining 35 nafari faoliyati “a’lo”, 83 nafari “yaxshi”, 98 nafari “qoniqarli” va 114 nafari faoliyati “yetarli darajada emas” deb baholandi. 

Prezidentimiz raisligida 2022 yil 19 aprel kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishda tajribali mutaxassislarni jalb qilgan holda faoliyati “qoniqarsiz” deb topilgan hokim yordamchilarini doimiy o‘qitishni tashkil etish vazifasi yuklatilgan edi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan seminarda hokim yordamchilariga O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish Agentligi, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, Savdo-sanoat palatasi, Bandlik, Markaziy bank Navoiy viloyati bosh boshqarmasi, “Hunarmandlar” uyushmasidan kelgan mutaxassislar hamda Navoiy davlat konchilik instituti va Navoiy davlat pedagogika instituti prefessor-o‘qituvchilari tomonidan sohada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar, kambag‘allikni qisqartirish, aholini tadbirkorlikka jalb qilishda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar to‘g‘risida ma’lumot va tavsiyalar berildi. 

O‘zaro fikr almashish va bahs-munozara shaklida o‘tgan seminar yakunida hokim yordamchilarining 2 kun davomida olgan bilimlari test sinovlari orqali baholandi.

Abduvali Bo‘riyev, 
O‘zA muxbiri