Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Faoliyat tahliliy o‘rganildi
19:11 / 2025-07-08

Respublika Shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Buxoro filiali rahbari boshchiligidagi bir guruh mutaxassislar G‘ijduvon tumani “Shoshilinch qabul” bo‘limidagi faoliyatni o‘rgandi. Ushbu bo‘limda “Emergency department” tamoyili asosida ishlar tashkil qilingan bo‘lib, qizil, sariq, yashil hududlarga bo‘lingan.

Guruh a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 16 iyundagi “Aholiga tez tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalarni bajarilishi bilan yaqindan tanishdi. 

– “Shoshilinch qabul” bo‘limida shtatlar ta’minoti 100 foizni tashkil qiladi, – deydi filial direktori M.Rajabov. – Hozirda bo‘lim dori-darmon va tibbiy texnika hamda tibbiy buyumlar bilan 80 foizga ta’minlangan. Bo‘limda internet tarmoqlari mavjud. “Dimed” faoliyati to‘liq yo‘lga qo‘yilmagan. “Telemeditsina” tashkil qilingan. Bu borada aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf qilish choralari belgilandi.

Shu bilan bir qatorda bo‘limda davolanayotgan bemorlarning kasallik tarixi, aholiga sifatli ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatni tashkil etish holati ko‘rib chiqildi. Topilgan kamchiliklar yuzasidan mutaxassislarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. 

“Shoshilinch qabul” bo‘limida amalga oshirilayotgan operatsiyalar, shundan yuqori texnologik operatsiyalarni bajarish holati, operativ aktivlikka oid ko‘rsatgichlar ham tahlil qilindi. Operatsiyalarning “Oltin soat” tamoyili asosida bajarilishi ko‘rib chiqilganda, ayrim kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi. 

Tibbiy xizmat ko‘rsatishni yo‘nalishlari borasida olib borilayotgan ishlar, tuman “Shoshilinch qabul” bo‘limi bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi Buxoro filiali bilan uzviylik va o‘zaro aloqa olib borishi, bemorlarga tibbiy yordam standartlariga muvofiq davolashni amalga oshirish borasida tegishli rejalar tuzildi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.